Shu yilning 23-noyabr kuni Parijda “Samarqandga yoʻl. Ipak va oltin moʻjizalari” koʻrgazmasi ochiladi
Joriy yilning 23-noyabr kuni Parijdagi Arab dunyosi institutida oʻzbek toʻqimachilik va zargarlik sanʼatiga bagʻishlangan “Samarqandga yoʻl. Ipak va oltin moʻjizalari” koʻrgazmasi ochiladi.
Koʻrgazmada XIX asr oxiri – XX asr oʻrtalariga taalluqli haykel – kumush ayollar taqinchoq-tumorini koʻrish mumkin boʻladi. Haykelning markaziy qismida mullalar kichik qogʻoz parchasiga yozib bergan duolar saqlangan. Haykelni yosh onalar birinchi farzandi dunyoga kelgungacha taqadi, deb hisoblangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring