Shovullagan dengiz oʻrnida shovullagan oʻrmon boʻladi

18:05 14 Yanvar 2019 Jamiyat
3511 0

Illyustrativ foto

Qishning qahraton kunlariga qaramasdan, Orol dengizining qurigan tubida oʻrmonzor barpo etish ishlari qizgʻin davom etmoqda.

Xususan, Moʻynoq tumanida faoliyat yuritayotgan tezkor shtabdan olingan maʼlumotga koʻra, bugungi kunda ushbu xayrli ishda 1 ming 40 nafardan ziyodroq kishi faol qatnashyapti. Ekin yerlarni tayyorlash, urugʻlik yetkazib berish va saksovul ekish ishlariga 543 ta texnika jalb qilingan. Shu kungacha tayyorlangan 223 ming 668 gektar yerning 53 ming 205 gektariga 232 ming 665 kilogramm saksovul urugʻi ekildi.

Jarayon boshlanganidan buyon jami tayyorlangan urugʻ 622 ming 500 kilogrammni tashkil etadi.

Bu ishda, yaʼni saksovul urugʻi tayyorlashda mahalliy aholi faol koʻrsatmoqda. Ularga shu kungacha 975 million soʻmlikdan ziyod ish haqi berildi.

Hidoyat AHMЕDOV, “Xalq soʻzi” muxbiri.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер