Shoʻrtan gaz kimyo majmuasida rejali taʻmir va modernizatsiya ishlari boshlandi

19:33 05 Dekabr 2023 Jamiyat
1132 0

Ayni paytda Shoʻrtan gaz kimyo majmuasiga qabul qilinayotgan gaz bosqichma-bosqich kamaytirilib, texnologik qurilma va jihozlarda rejali joriy taʻmirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Majmua tomonidan 20 kun davomida 941 ta profilaktik koʻrik, taʻmirlash va modernizatsiya ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Taʻmirlash ishlari hajmi katta ekanligini hisobga olgan holda ishlarni sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʻminlash maqsadida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Germaniya, AQSH, Rossiya, Dubay kompaniyalari vakillari va turdosh korxonalardan yordamchi ishchi kuchi va maxsus texnikalar jalb qilingan.

Taʻkidlash joizki, rejali joriy taʻmirlash ishlari va modernizatsiya loyihalarini amalga oshirish, ishlab chiqarish jarayonlarida kelgusida vujudga kelishi mumkin boʻlgan noxush hodisalar oldini olish hamda texnologik qurilma va uskunalarning uzoq muddat sifatli va samarali ishlashini taʻminlash uchun xizmat qiladi.

Maʻlumot oʻrnida, Majmua yiliga 4,0 mlrd kub metrgacha xom ashyo gazi, 3,5 mlrd kub metrgacha tabiiy gaz, 125 ming tonnadan ortiq polietilen granulasi, 110 ming tonnadan ortiq suyultirilgan gaz, 90 ming tonnadan ortiq gaz kondensati, 1,0 ming tonnadan ortiq oltingugurt granulasi ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер