Shoʻrchida tugʻruqxona boʻlimi ishga tushdi

10:55 05 Iyul 2024 Jamiyat
264 0

Farhod ESONOV/“Xalq soʻzi”. Surxondaryo viloyati Shoʻrchi tumanidagi Tolli qishlogʻida tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli “Tolli” hududiy boʻlimining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Qishloq aholisiga sifatli va tezkor tibbiy xizmat koʻrsatish maqsadida bunyod etilgan ushbu binoni qurish va zamonaviy jihozlash uchun 2 milliard 400 million soʻm mablagʻ sarflandi.

Yangi 10 oʻrinli bolalar va 15 oʻrinli tugʻruq boʻlimida 54 nafar malakali shifokor va oʻrta tibbiyot xodimi Tolli, Guliston, Oliyhimmat, Shakarkoʻl, Konobod mahallaridagi 25 mingdan ziyod aholiga xizmat koʻrsatadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер