Shols Germaniya Rossiya gazidan voz kechishga toʻliq tayyorligini maʼlum qildi
Foto: DW
Gyermaniya va Yevropa Rossiya gazini yetkazib berishdan butunlay voz kechishga tayyor. Bu haqda Germaniya kansleri Olaf Shols maʼlum qildi, deya yozmoqda “Bloomberg”.
Siyosatchining soʻzlariga koʻra, mamlakatda suyultirilgan gaz qabul qiluvchi terminallar allaqachon oʻrnatilgan va Germaniya oʻz zahiralarini tejamoqda. Mamlakat Rossiya tomonidan energiya taʼminotini keskin qisqartirishga tayyor.
Kanslerning qoʻshimcha qilishicha, Germaniya ham koʻmirda ishlaydigan elektr stansiyalarining ishlab chiqarish quvvatlaridan qayta foydalanayotganini va Janubiy Germaniya atom elektr stansiyalari energiyasidan foydalanishni boshlash arafasida.
Avgust oyida Shols 2022-yil oxirigacha boʻlishi kerak boʻlgan soʻnggi uchta nemis atom elektr stansiyasini yopishdan voz kechishni taklif qilgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring