Shohruh Davlatov yarim marafonda afrikalik raqibini ortda qoldirdi
Tojikistonda “Dushanbe XIII xalqaro yarim marafon” musobaqasi boʻlib oʻtdi. Mazkur turnirda Belarus, Kanada, Keniya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya, Oʻzbekiston, Ukraina, Fransiya, Xitoy, AQSH, Eron, Efiopiya kabi mamlakat vakillari ishtirok etishdi.
Quvonarlisi, musobaqada terma jamoamiz yetakchisiga aylanib ulgurgan Shohruh Davlatov 1:01:24 (1 soat 1 daqiqa 24 soniya) hamda Yekaterina Tunguskova 1:13:31 vaqt koʻrsatib, oltin medalni qoʻlga kiritishdi. Ahamiyatlisi, har ikki natija mamlakat rekordi sifatida qayd etildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring