Shimoliy Koreya hududlarida kuchli yomgʻir yogʻdi. Aholini evakuatsiya qilishga shaxsan Kim Chen In rahbarlik qilgan
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Siniyju shahri va Uyju okrugidagi toshqindan jabr koʻrgan hududlarga tashrif buyurdi. Kuchli yomgʻir bu hududlarda 5 mingdan ortiq aholining xavfsizligiga daxl qilmoqda. Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi xabar bergan.
Agentlik maʼlumotlariga koʻra, Kim Chen In bir kun oldin qutqaruv markazi tashkil etilgan aviabazaga yetib kelgan va yomgʻirdan jabr koʻrgan mahalliy aholini evakuatsiya qilishni shaxsan oʻzi nazorat qilgan. Operatsiyaga Koreya xalq armiyasi havo kuchlari vertolyotlari va dengiz flotining qutqaruv kemalari jalb qilingani maʼlum.


Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring