Shifokorlarning 70 foizi hujjatlarni qanday toʻldirishni bilishmaydi — soʻrov natijalari
“Spravochnik vracha” professional jamiyati tomonidan oʻtkazilgan soʻrov natijalari shuni koʻrsatdiki, shifokorlarning uchdan biri tibbiy hujjatlarni toʻldirishda muammolarga duch kelmoqda. 85,3% esa boshqa tibbiy hujjatlar bilan bogʻliq qiyinchiliklarga duch kelmoqda. 70% dan ortigʻi hujjatlarni notoʻgʻri toʻldirganligi uchun turli xil jazolarga duchor boʻlgan — jinoyat ishlaridan .tortib, rahbariyatining hayfsanigacha. Shifokorlarning yarmidan koʻpi ish beruvchining hisobidan hujjat ishlari boʻyicha pullik bilim olishni xohlaydi.
Shifokorlar uchun eng katta muammo bu tibbiy kartalar. Ular bilan bogʻliq qiyinchiliklarga respondentlarning 36,4% duch kelmoqda. Shifokorlarning 37,6 foizi esa hujjatlar bilan bogʻliq muammolarga duch kelmaganini aytishdi.
Shifokorlarning 62,6% ning fikricha, qiyinchiliklar paydo boʻlishining asosiy sababi —bemorning aralashuvidan qisman yoki toʻliq bosh tortgan hollarda shifokor harakatlarining aniq algoritmi yoʻqligi. Yarimidan ozrogʻi — 47% — bemorning tibbiy aralashuvga ixtiyoriy roziligida imzo qoʻyishni unutganliklarini aytishdi. Shifokorlarning uchdan bir qismi hujjatlarni toʻldirishda xatolarga yoʻl qoʻygan (notoʻgʻri sana, bemorning ismidagi xato va boshqalar).
Va texnik toʻsiqlar muhim muammo: 24,7% klinikada hujjatlar blankalari xato amalga oshirilganligi va 28,5% IDS chop etish uchun sarflanadigan materiallar yoʻqligi va hokazo.
Respondentlarning atigi 1 foizi bunday xatolar uchun jinoiy javobgarlikka tortilganini aytadi. Yana 7,3% davlat idoralariga (prokuratura, Rospotrebnadzor, Roszdravnadzor va boshqalar) tushuntirishlar bergan, 40,4% sugʻurta kompaniyasi tomonidan, 32,8% tibbiy tashkilot rahbariyati tomonidan jazo choralari qoʻllangan (intizomiy jazo, ogʻzaki ogohlantirish, va boshqalar).
Tadqiqotda ishtirok etgan shifokorlarning 38,4 foizi xatolar tufayli muammoga duch kelmaganiga qaramay, 71 foiz shifokorlar hujjatlarni toʻldirish qoidalaridan yetarlicha xabardor emasligini taʼkidlagan.
Soʻrovda qatnashgan shifokorlarning 22,5 foizi tibbiy varaqalarni toʻldirish boʻyicha batafsil koʻrsatmalar olishni, 33,8 foizi esa barcha hujjatlar bilan ishlash boʻyicha koʻrsatmalar olishni xohlaydi. Respondentlarning yana 13,5 foizi koʻrsatmalarga muhtoj emas, lekin auditni oʻrganishga qiziqish bildirishgan.
Respondentlarning 49,8 foizi tibbiy hujjatlarni toʻgʻri tayyorlash va toʻldirish boʻyicha pullik treningdan oʻtishga tayyor, ammo faqat ish beruvchi hisobidan, 44,5 foizi tibbiy hujjatlarni toʻgʻri toʻldirish va kerakli blankalar bilan taʼminlash masalari bilan tibbiy muassasa rahbari shugʻullanishi kerak deb hisoblaydi. Faqatgina 5,7% oʻz mablagʻlari hisobidan tibbiy hujjatlar bilan ishlashni oʻrganishga tayyor.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring