Shifokor osteoporozning rivojlanishiga sabab boʻladigan uchta ichimlik haqida maʼlumot beradi
Illyustrativ foto
Sut, shakarli gazlangan ichimliklar va qahva osteoporoz*ning rivojlanishiga hissa qoʻshishi mumkin.
Bu haqda diyetolog, tibbiyot fanlari doktori Margarita Koroleva aytib oʻtdi. Uning taʼkidlashicha, sut, shakarli gazlangan ichimliklar va qahvani muntazam isteʼmol qilish suyaklarning moʻrtlashiga olib kelishi mumkin.
Maʼlum qilinishicha, sutda organizmdan foydali moddalarni chiqarib yuboradigan kislotali komponentlar mavjud.
«Sut tarkibida kislotali asos bor. Agar u gidroksidi komponentlar, yaʼni koʻp miqdorda sabzavotlar bilan qoʻllab-quvvatlanmasa, kalsiy tanadan yuvilib, osteoporozga olib keladi», deya ogohlantirmoqda diyetolog.
Mutaxassis, shuningdek, qahvani isteʼmol qilmaslik kerakligini taʼkidladi. Chunki u kalsiy, magniy va boshqa minerallarning soʻrilishini buzadi.
“Qabul qilingan oziq-ovqat tarkibidagi foydali minerallarning soʻrilishi buzilmasligi uchun qahvani ovqatdan keyinroq ichish yaxshidir”, deydi shifokor. Shu bilan birga mutaxassis qahva tanani suvsizlantirishini eslatib, bir funjon qahvadan keyin doimo bir stakan suv ichish kerakligini eslatmoqda.
Suyaklarga tahdid soladigan uchinchi ichimlik shakarli gazlangan ichimliklardir. Ularning tarkibidagi ortofosfor kislotasi tishlardagi kalsiy zarar yetkazadi va bu kariyesga olib keladi. Bu esa tish toʻqimasini yoʻq qilishning qoʻshimcha omilidir. Bundan tashqari, shifokor bunday ichimliklarni muntazam isteʼmol qilish umuman suyak massasining holatiga taʼsir qilishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda.
* Osteoporoz — suyaklar mustahkamligining pasayishi va suyak toʻqimalari strukturasi buzilishi bilan kechadigan, muttasil rivojlanib boruvchi xastalik. Bunda suyaklarning murakkab tuzilishiga putur yetadi, yaʼni bemor suyagi moʻrtlashib, arzimas taʼsirlar natijasida ham sinib ketaveradi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring