Shifokor gipertoniyadan qutulishning uchta usuli haqida maʼlumot berdi

17:28 27 Aprel 2022 Dunyo
1592 0

Illyustrativ foto

Doimiy jismoniy faollik va odatdagi parhezni oʻzgartirish, shu jumladan haddan tashqari shoʻr ovqatlardan voz kechish gipertoniya rivojlanish xavfini sezilarli darajada kamaytiradi va qon tomirlarining holatini yaxshilaydi. Bu fikrlarni kardiolog Herman Gandelman aytib oʻtdi

Mutaxassisning taʼkidlashicha, dori vositalarisiz qon bosimini kamaytirish va meʼyorida ushlab turish uchun parhezga hamda  ortiqcha vaznga alohida eʼtibor qilish kerak.

«Agar vaznni 1 kg.ga kamaytirsak, bosim mos ravishda 1 mm simob ustuniga kamayadi. Vaznning 5 kg.ga kamayishi bosimni 5 mm simob ustuniga kamaytiradi. Yaʼni qon tomirlardagi yuk kamroq boʻladi», deydi kardiolog.

Uning qayd etishicha, tuzdan voz kechish muhimdir. Chunki natriy shish va suyuqlikni ushlab turishga olib keladi. Natijada qon tomirlarining devorlari torayadi, bosim kuchayadi. Bu gipertonik inqiroz va insultga olib kelishi mumkin. Oʻrtacha jismoniy mashqlar ham qon bosimini normallashtirishi mumkin.

Shifokorning taʼkidlashicha, sogʻlom odamda qon bosimi 130/80 dan yuqori boʻlmasligi kerak.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер