SHHT Oʻzbekiston hukumatining Qoraqalpogʻistonda huquq-tartibotni taʼminlash borasidagi chora-tadbirlarini qoʻllab-quvvatladi

22:27 04 Iyul 2022 Siyosat
941 0

Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (SHHT MATT) Ijroiya qoʻmitasi Oʻzbekiston hukumatining fuqarolarning huquq va erkinliklarini, mamlakatdagi barcha xalqlarning tinch-totuv yashashini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlarini qoʻllab-quvvatladi.

Oʻz navbatida, Moskva Qoraqalpogʻistondagi voqealarni Oʻzbekistonning ichki ishi deb biladi.

“Respublika rasmiylari malakali ishlamoqda, vaziyat nazorat ostida”, degan "RIA Novosti" agentligiga Rossiya Tashqi ishlar vazirligidagi manba.

Agentlik suhbatdoshi, shuningdek, Oʻzbekiston hukumati oʻz xalqini hurmat qilgan holda ishlayotganini va provokatsiyalarning oldini olish uchun yetarli kuchlar mavjudligini taʼkidladi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham Qoraqalpogʻistondagi voqealar Oʻzbekistonning ichki ishi ekani aytdi.

“Oʻzbekiston bizning ittifoqdoshimiz, doʻst davlatimiz, juda muhim hamkorimizdir. Oʻzbekistonda sodir boʻlayotgan hamma narsa bu mamlakatning ichki ishi va biz respublika rahbariyatining faol faoliyati bilan mavjud muammolar hal etilishiga shubha qilmaymiz”, deydi Dmitriy Peskov.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер