Shavkat Mirziyoyev va Anvar Ibrohim “Petronas” korporatsiyasining bosh qarorgohi tashrif buyurdi

18:43 05 Fevral 2025 Jamiyat
296 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim “Petronas” korporatsiyasining bosh qarorgohi — “Twin Towers” binosiga tashrif buyurib, kompaniya prezidenti Muhammad Tavfiq bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Neft-gaz, neft-kimyo va qayta tiklanuvchi energetika sohalarida yetakchilardan biri boʻlgan ushbu global kompaniya bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi.

Davlatimiz rahbari xomashyoni chuqur qayta ishlash va “yashil” energetika loyihalarini amalga oshirish borasidagi istiqbolli rejalarni qoʻllab-quvvatladi.

Geologiya-qidiruv ishlarini olib borish va istiqbolli uglevodorod konlarini oʻzlashtirish, karbonat angidrid gazini ushlab qolish va saqlash boʻyicha ilgʻor texnologiyalarni joriy etish, “Petronas” universiteti negizida yuqori malakali kadrlar tayyorlash ustuvor vazifalar sifatida qayd etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер