Shavkat Mirziyoyev Ulugʻbek Egamovni Investitsiya vazirligidan Farmatsevtika agentligiga oʻtkazdi

19:48 12 Aprel 2022 Siyosat
1028 0

Foto: president.uz

Prezident huzurida farmatsevtika sohasini rivojlantirish boʻyicha yigʻilish oʻtkazilmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Farmatsevtika agentligida loyihalar bilan ishlash tizimini mutlaqo yangidan tashkil etish zarurligi qayd etildi.

Buning uchun Investitsiya vazirligidan agentlikka birinchi oʻrinbosar – Ulugʻbek Egamov tayinlangani maʼlum qilindi.

Unga agentlik tizimiga yangi investitsiya muhitini olib kirish shartligi koʻrsatib oʻtildi.

Agentlik va viloyat hokimlari oldiga joriy yilning oʻzida 80 million dollarlik 34 ta loyihani ishga tushirish vazifasi qoʻyilgan. Misol uchun, joriy yilda Toshkent farmatsevtika parkida 50 million dollarlik 2 ta loyihani ishga tushirish rejalashtirilgan.

Jami ushbu klasterda 3 yilda 280 mln dollarlik 6 ta korxonani ishga tushirish koʻzda tutilgan.

Yoki, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazmda atigi 1 tadan eng oddiy dorilarni ishlab chiqaradigan korxona mavjud boʻlsada, mazkur viloyatlar kelgusi 2 yilda bor-yoʻgʻi 2 tadan yangi loyihani amalga oshirishni reja qilgan.

Mutasaddilarga yirik xorijiy kompaniyalar bilan muzokaralar oʻtkazib, kamida 10 ta brendni jalb qilish boʻyicha kelishuvga erishish topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер