Shavkat Mirziyoyev Ukraina prezidenti va xalqiga Mustaqillik bayrami munosabati bilan tabrik yoʻlladi

10:23 27 Avgust 2022 Siyosat
930 0

Foto: president.uz

Joriy yilning 24-avgust kuni Shavkat Mirziyoyev Ukraina prezidenti va xalqiga Mustaqillik bayrami munosabati bilan tabrik yoʻllagan. Bu haqida Oʻzbekistonning Ukrainadagi elchixonasi maʼlum qildi.

Davlat rahbari anʼanaviy doʻstlik va oʻzaro hurmat tamoyillariga asoslangan Oʻzbekiston-Ukraina munosabatlari birgalikdagi saʼy-harakatlar tufayli bundan keyin ham rivojlanib borishini taʼkidlab oʻtgan.

Shuningdek, prezident Shavkat Mirziyoyev Ukraina Prezidenti Vlаdimir Zelenskiyga mustahkam sogʻlik, oilaviy baxt-saodat, masʼuliyatli davlatchilik faoliyatida omadlar, doʻst Ukraina xalqiga esa tinchlik-omonlik va farovonlik tilagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер