Shavkat Mirziyoyev tomonidan mutasaddilarga uch oy muddatda elektromobil tarmogʻini rivojlantirish strategiyasini kiritish topshirildi

19:43 14 Fevral 2022 Siyosat
992 0

Foto: president.uz

«Yana bir masala – jahonda elektromobillar ishlab chiqarish jadal rivojlanib, avtomobil bozorida salmoqli oʻrin egallamoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Biz ham bu sohada ortda qolmasligimiz uchun amaliy ishlarni hozirdan boshlashimiz kerak», dedi Prezident yigʻilishda.

Mutasaddilarga uch oy muddatda elektromobil tarmogʻini rivojlantirish strategiyasini kiritish topshirildi. Bunda:

— elektromobillar uchun butlovchi qism va materiallarni mahalliylashtirish dasturini;

— elektromobillar uchun texnik talab va zamonaviy standartlarni ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi.

Shuningdek, yil yakuniga qadar xorijiy kompaniyalar bilan muzokaralarni yakunlab, strategik hamkor bilan loyihani boshlash yuzasidan koʻrsatma berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер