Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlarga: “Men sizlarning birinchi advokatlaringizman”
Prezidentning tadbirkorlar bilan muloqoti boshlandi. Davlat rahbari tadbirkorlarning jiddiy savollariga javob berishga tayyor ekanini bildirdi.
«Qonunchilik palatasiga ham murojaat qildik, kerak boʻlgan qonunlarniyam oʻzgartiramiz. Bugungi ochiq muloqotda ham oʻz takliflarimni aytaman. Bu takliflarimdan keyin savollar ham kamayadi, deb oʻylayman.
Bu kimgadir yoqadi-yoqmaydi, men sizlarning birinchi advokatlaringizman. Bepul advokat», dedi prezident nutqining boshida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring