Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgga keldi
Foto: president.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev 26-dekabr kuni amaliy tashrif bilan Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga keldi.
“Pulkovo” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Sankt-Peterburg shahri gubernatori Aleksandr Beglov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Bugun davlatimiz rahbari Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligining norasmiy sammitida ishtirok etadi. Tadbir kun tartibidan tashkilot doirasidagi koʻp tomonlama hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari oʻrin olgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring