Shavkat Mirziyoyev Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarovga hamdardlik bildirdi
Foto: president.uz
Rossiya Federatsiyasining Ulyanovsk viloyati hududida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi oqibatida Qirgʻiziston fuqarolarining nobud boʻlgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarovga hamdardlik bildirdi.
Qardosh Qirgʻiziston xalqiga chuqur taʼziya izhor etib, davlatimiz rahbari halok boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik soʻzlarini yetkazishni soʻradi, jabrlanganlar shifo topishini tiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring