Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga tashrifi kechiktirilgan Yaponiya Bosh vaziri bilan telefon orqali muloqot qildi

17:14 09 Avgust 2024 Siyosat
459 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-avgust kuni yapon tomonining tashabbusi bilan Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kishida bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlatimiz rahbari Yaponiyaning janubi-sharqida kuchli zilzila ro‘y bergani va sunami kutilayotganidan xavotir bildirdi.

O‘zbekiston Yaponiya tomonining "Markaziy Osiyo + Yaponiya" birinchi sammitini o‘tkazish va Bosh vazir Kishidaning joriy yil 10-11-avgust kunlariga rejalashtirilgan mamlakatimizga rasmiy tashrifi muddatlarini ko‘chirish to‘g‘risidagi qarorini to‘liq tushunishi ta’kidlandi.

Tayyorgarlik tadbirlarini davom ettirish va tashrifni tashkil etishning yangi muddatlarini diplomatik kanallar orqali kelishishga ahdlashib olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер