Shavkat Mirziyoyev Marokash podshohiga taʼziya yoʻlladi
Marokash hududida yuz bergan kuchli zilzila oqibatida koʻplab odamlar qurbon boʻlgani va jiddiy jarohat olgani, katta talafotlar koʻrilgani munosabati bilan Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Marokash Podshohi Muhammad VIga taʼziya yoʻlladi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Davlatimiz rahbari vafot etganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi, jabrlanganlar tez fursatda sogʻayib ketishini tiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring