Shavkat Mirziyoyev maktabgacha taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosarini tayinladi
Fotо: Мактабгача таълим вазирлиги
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi qaroriga koʻra Qahramon Tanzilovich Olimov Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Maktabgacha taʼlim vazirligi xabariga koʻra, Qahramon Olimov 1967-yili tugʻilgan. Pedagogika fanlari doktori, professor.
2018-yildan boshlab Maktabgacha taʼlim vazirligining “Pedagog kadrlar sifatini oshirish va pedagogika kollejlari faoliyatini muvofiqlashtirish” boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelgan.
2018-yilgacha Buxoro muhandislik texnologiya institutining oʻquv ishlari boʻyicha birinchi prorektori lavozimida faoliyat yuritgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring