Shavkat Mirziyoyev Kuvayt davlatiga ilk rasmiy tashrifini yakunladi

15:32 18 Fevral 2025 Siyosat
674 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Kuvayt Davlatiga ilk rasmiy tashrifi tadbirlari yakunlandi.

Davlatimiz rahbari Al-Kuvayt shahrida Amir Shayx Mishʼal as-Saboh va Valiahd Shayx Saboh as-Saboh bilan tarixiy muzokaralar, shuningdek, ushbu mamlakat hukumatining aʼzolari, yetakchi kompaniyalari va moliyaviy institutlari rahbarlari bilan samarali uchrashuvlar oʻtkazdi.

Sammit yakunida Qoʻshma bayonot qabul qilindi, shuningdek, hamkorlikning turli yoʻnalishlari, jumladan, iqtisodiy sohada 4,9 milliard dollarlik salmoqli kelishuvlar toʻplami imzolandi.

Davlatimiz rahbari madaniy dastur doirasida “As-Salom” saroy-muzeyining Quvayt xalqi madaniyati va tarixini aks ettiruvchi ekspozitsiyalarini koʻzdan kechirdi.

Tashrif tadbirlari yakunlangach, Al-Kuvayt xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Valiahd Shayx Saboh as-Saboh va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qoʻydi.

Davlatimiz rahbari Toshkent shahriga joʻnab ketdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер