Shavkat Mirziyoyev yil oxirigacha Qozogʻistonga borishni rejalashtirmoqda

15:06 17 Noyabr 2021 Siyosat
1052 0

17-noyabr kuni Oʻzbekiston va Qozogʻiston prezidentlari telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat chogʻida davlat rahbarlari ikki tomonlama kun tartibining barcha yoʻnalishlari boʻyicha mamlakatlarimiz oʻrtasidagi sheriklikni yanada rivojlantirish yuzasidan fikr almashdilar.

Savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, sarmoyaviy hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, sanoat, mashinasozlik, transport va logistika sohalarida qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga ustuvor ahamiyat berildi», — deyiladi xabarda.

Koʻp qirrali Qozogʻiston-Oʻzbekiston munosabatlariga amaliy turtki berish maqsadida suhbatdoshlar 2021-yil oxirigacha Oʻzbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevning Qozogʻistonga davlat tashrifini tashkil etishga kelishib oldilar.

Shu munosabat bilan ikki davlat hukumatlariga boʻlajak oliy darajadagi muzokaralarni sifatli mazmun bilan oʻtkazishni taʼminlash topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер