Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammitida nutq so‘zlamoqda
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammitida nutq so‘zlamoqda.
Davlatimiz rahbari sammit umumiy taraqqiyot yo‘lida ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirishga bo‘lgan qat’iy intilishning yaqqol dalili ekanini ta’kidladi.
"Bugun ko‘z o‘ngimizda dunyo siyosiy arxitekturasi tom ma’noda o‘zgarmoqda va global qayta qurilishi sodir bo‘lmoqda.
Bu murakkab jarayonlarda o‘zining katta o‘rniga ega bo‘lgan Tashkilotimiz davlatlari birgalikda hamjihat bo‘lib harakat qilishi, vujudga kelayotgan xavf-xatarlarga qarshi samarali yechimlar topishi muhimdir.
“Hamkorlikda iqtisodiy barqarorlik va taraqqiyot sari” shiori ostida o‘tayotgan sammitimizda siz, aziz hamkasblarim bilan ko‘p tomonlama aloqalarimizni yangi bosqichga olib chiqish va eng dolzarb masalalar bo‘yicha batafsil fikr almashamiz.
Tashkilotimiz a’zolarini mushtarak tarix va muqaddas islom dinimiz, boy madaniyat va o‘xshash qadriyatlar chambarchas bog‘lab turadi.
Yarim milliard aholi yashaydigan keng mintaqamiz savdo-iqtisodiy, sanoat, investisiya va innovatsiyalar, transport sohalaridagi aloqalarni rivojlantirishda katta salohiyatga ega", - dedi Prezident.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring