Shavkat Mirziyoyev, Emomali Rahmon va Sadir Japarov uch mamlakat davlat chegaralari tutashgan hududda Doʻstlik stelasini tantanali ravishda ochdi
Xoʻjand shahrida oʻtayotgan oliy darajadagi tadbirlar dasturiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon va Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov uch mamlakat davlat chegaralari tutashgan hududda Doʻstlik stelasini tantanali ravishda ochdilar.

Uch mamlakat Bosh vazirlari oʻrinbosarlari videoaloqa orqali davlat rahbarlariga qurilish ishlari yakunlangani va obyekt tayyorligi toʻgʻrisida axborot berdi.
Ushbu yodgorlik qardosh mamlakatlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik, ishonch va strategik sheriklik munosabatlari mustahkamlanib borayotganining yangi ramzi boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring