Shavkat Mirziyoyev Emmanuel Makronga tabrik yoʻlladi
Foto: president.uz
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronni ushbu mamlakatda boʻlib oʻtgan Prezident saylovida gʻalaba qozongani bilan tabrikladi.
“Aminmanki, davlatlarimiz oʻrtasidagi oʻzaro hurmat va ishonch ruhidagi uzoq muddatli hamkorlik munosabatlari birgalikdagi saʼy-harakatlarimiz va intilishlarimiz orqali xalqlarimiz farovonligi yoʻlida izchil rivojlanib boraveradi”, deyiladi, jumladan, davlatimiz rahbarining maktubida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring