Shavkat Mirziyoyev Ashxobodga keldi

21:40 20 Oktyabr 2022 Siyosat
1272 0

Foto: president.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga keldi.

Ashxobod xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining oʻrinbosari Botir Atdayev va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Qisqa suhbatdan soʻng Oʻzbekiston Prezidenti oʻzi uchun ajratilgan qarorgohga yoʻl oldi.

Tashrifning asosiy tadbirlari ertaga, 21-oktyabr kuni boʻlib oʻtadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер