Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozogʻistonga boradi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 17-sentyabr kuni Markaziy Osiyo mamlakatlari va Germaniya yetakchilarining ikkinchi uchrashuvida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Ostona shahrida boʻladi.
Sammitda mintaqa mamlakatlarining Germaniya bilan koʻp qirrali hamkorligini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish masalalari muhokama qilinadi.
Savdo-iqtisodiyot, investitsiya, texnologiyalar, transport-kommunikatsiya va boshqa ustuvor yoʻnalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratiladi. Shuningdek, Germaniyaning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan qoʻshma uchrashuv oʻtkazish rejalashtirilgan.
Taʼkidlash joizki, “Markaziy Osiyo – Germaniya” formatidagi birinchi sammit oʻtgan yilning 29-sentyabr kuni Berlin shahrida oʻtkazilgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring