Shavkat Mirziyoyev “Air Products” kompaniyasi prezidenti va bosh ijrochi direktorini qabul qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-avgust kuni “Air Products” kompaniyasi prezidenti va bosh ijrochi direktori Seyfi Gasemini qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, uchrashuvda Oʻzbekistonda yuqori texnologik sanoat korxonalarini tashkil etishga faol sarmoya kiritayotgan yetakchi xalqaro kompaniyalardan biri bilan oʻzaro manfaatli strategik hamkorlikni yanada kengaytirishning amaliy jihatlari koʻrib chiqilgan.
Bugungi kunda mamlakatimizda “Air Products” bilan qoʻshma loyihalar portfeli 2,5 milliard dollardan oshgani qayd etilgan.
Shuningdek, uglevodorodlarni chuqur qayta ishlash va kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasida innovatsion loyihalarni amalga oshirish, qishloq xoʻjaligida ilgʻor texnologik yechimlarni joriy etish, hamda energetika va kimyo tarmoqlari uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash yuzasidan kelishuvlarga erishilgani taʼkidlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring