“Shashmaqom” ohanglari yangradi

13:42 02 Noyabr 2022 Jamiyat
846 0

Foto: Xalq so‘zi

Uch kun davom etgan “Buxoro shashmaqomi” koʻrik-tanlovining respublika saralash bosqichidan Andijon viloyati ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi isteʼdodli ijrochilaridan iborat jamoa faxrli birinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan holda vodiyga qaytdi. Mezbon jamoa – Buxoroning namunali maqom ansambliga esa oliy oʻrin - Gran-pri nasib etdi.

Oʻzbekiston xalq hofizi Isroiljon Vahobov, Oʻzbek Milliy maqom sanʼati markazi direktori Soibjon Begmatov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Ahmadjon Dadayev singari taniqli sanʼatkorlardan iborat hayʼat aʼzolari mumtoz qoʻshiqchiligimiz beshiklaridan sanalgan Buxoroda mazkur tanlov yuqori saviyada tashkil etilganini eʼtirof qildilar.

Oʻziga xos sanʼat bayramiga aylangan tadbirda Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlaridan 15 dan 35 yoshgacha boʻlgan 200 nafardan ziyod maqom sanʼatiga ixlos qoʻygan ijrochilar qatnashishdi. Koʻrik-tanlovda, shuningdek, “Erkak ovozi”, “Ayol ovozi”, «Sozanda ansambli» nominatsiyalari boʻyicha ham gʻolib va sovrindorlar aniqlandi. Boshqacha aytganda, respublika ikkinchi xalqaro maqom sanʼati anjumanida qatnashish huquqini qoʻlga kiritganlar nomi maʼlum boʻldi.

Gʻoliblarga Oʻzbek Milliy maqom sanʼati markazi hamda Buxoro viloyati hokimligi tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер