Shaxsga doir maʼlumotlarni muhofaza qilish boʻyicha talablarni buzganlik yuzasidan javobgarlik kuchaytirildi

00:01 31 Oktyabr 2021 Jamiyat
1404 0

Prezident tomonidan imzolangan qonunga koʻra, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga oʻzgartirish kiritildi.

Unga koʻra, axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, shu jumladan Internetda fuqarolarning shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berilayotganda Oʻzbekistonda joylashgan texnik vositalarda hamda shaxsga doir maʼlumotlar bazalarida shaxsga doir maʼlumotlarni yigʻishga, tizimlashtirishga va saqlashga oid talablarga rioya etmaslik fuqarolarga BHMning 7 baravari (1 mln 890 ming soʻm), mansabdor shaxslarga esa 50 baravari (13 mln 500 ming soʻm) miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер