Shahram Gʻiyosov beshinchi jangida ham gʻalaba qozondi
22 sentyabr kuni Angliya poytaxti London shahridagi “Uembli” stadionida professional boksning yarim oʻrta vazn toifasida (-66,67 kg) oʻzbekistonlik Shahram Gʻiyosov nikaragualik Xulio Lagunaga qarshi ringga chiqdi.
Mazkur reyting jangida Oʻzbekiston vakili faoliyatida hali magʻlub boʻlmagan (14 jang, 14 gʻalaba, 10 nokaut) raqibini 4-raundda nokautga uchratib, gʻalabaga erishdi.
Bu gʻalaba Shahram uchun prof ringdagi beshinchi gʻalaba (4 tasi nokaut bilan) boʻldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring