Shayxontohur tumanida vaqtincha issiqlik taʼminoti oʻchiriladi

11:14 02 Mart 2020 Jamiyat
799 0

Foto: www.google.com

Bugun, 2-mart kuni Beruniy koʻchasi boʻylab oʻtgan magistral issiqlik tarmogʻida taʼmirlash ishlari olib boriladi.

“Toshissiqquvvat“ DUK xabariga koʻra, shu sababli ayrim manzilgohlarda issiqlik taʼminoti soat 10:00 dan 17:00 ga qadar oʻchiriladi.

Ular:

Bogʻkoʻcha mavzesi;

Beruniy koʻchasi;

General Uzoqov koʻchasi;

Ipakchi koʻchasi;

Ziyo Said koʻchasi.

“Toshissiqquvvat“ DUK keltirilgan noqulayliklar uchun uzr soʻragan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер