Shahzoda va malika koronavirusga chalindi
Shvetsiya qirolligi shahzodasi Karl Filipp va uning turmush oʻrtogʻi malika Sofiya koronavirusga chalindi. Bu haqda SVT Nyheter manbasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, ular kasallikni yengil shaklda oʻtkazishmoqda. 41 yoshli shahzoda va 35 yoshli malikada avvaliga gripp belgilari paydo boʻlgach, koronavirusga test topshirishgan. Oqibatda har ikkisining ham natijasi musbat boʻlib chiqdi. Ayni paytda juftlik Stokgolmdagi uyida ikki farzandi bilan boshqalardan ajralgan holda yashashmoqda.
Qayd etilishicha, 20-noyabr kuni qirollik oilasi birgalikda qirolicha Silviyaning akasi dafn marosimida qatnashgan edi. Tadbir oldidan barchadan Covid-19ga test olingan va barchada natija manfiy boʻlib chiqqan edi.
Ayni paytda mamlakat qiroli Karl XVI Gustav va qirolicha, shuningdek, ularning qarindoshlari ham koronavirusga qaytadan test topshirishmoqchi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring