Shahrisabz aeroporti faoliyatini tikladi
Foto: Uzbekistan Airports
Qashqadaryo viloyatidagi Shahrisabz aeroporti faoliyatini tikladi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 26-mart kuni Shahrisabz aeroporti ikki haftalik tanaffusdan soʻng muntazam yoʻlovchi qatnovlarini qabul qilishni boshlagan. Havo qatnovini “Silk Avia” kompaniyasining US721 reysi ochib bergan. Samolyot mahalliy vaqt bilan soat 11:17 da Shahrisabz aeroportiga qoʻngan.
Mazkur aeroport joriy yilning 13-mart kuni uchish-qoʻnish yoʻlagida kapital taʼmirlash ishlari olib borilayotgani munosabati bilan faoliyatini vaqtincha toʻxtatgandi.
Uzoq muddatli foydalanishdan keyin uchish-qoʻnish yoʻlagi sirti mustahkamlanib, yangi asfalt bilan almashtirilgan. Yurish yoʻlagini taʼmirlash ham yaqin vaqt ichida yakunlanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring