Shaharsozlik va yoʻl harakatiga masʼul barcha boʻgʻindagi rahbarlar “Shahar – piyodalar uchun” degan shiorni oʻzining asosiy tamoyili qilib olishi shart — Prezident

13:42 29 Yanvar 2024 Siyosat
254 0

Prezident raisligida uy-joy, qurilish, kommunal xoʻjaligi, transport va ekologiya sohalarida amalga oshirilgan ishlar va ustuvor vazifalar yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda.

Yigʻilishda Toshkent shahrida tirbandlik katta muammoga aylanib borayotgani qayd etildi.

Ayrim koʻchalarda ish kunlari oʻrtacha 7-9 ballik, baʼzan 10 ballik tirbandliklar kuzatilmoqda, baʼzilariga 2 karra koʻp yuklama tushmoqda.

Oqibatda kunning tigʻiz paytida manzilga borish uchun 2 barobar koʻp vaqt sarflanmoqda.

Bosh vazir oʻrinbosari А.Раматов, Transport vazirligi, Toshkent shahar hokimligiga tizimli yondashgan holda tirbandliklar muammosi boʻyicha takliflarni shakllantirish va Prezidentga taqdimot qilish topshirildi.

“Shaharsozlik va yoʻl harakatiga masʼul barcha boʻgʻindagi rahbarlar ”Shahar – piyodalar uchun” degan shiorni oʻzining asosiy tamoyili qilib olishi shart.

Bunda, jamoat transportiga har tomonlama ustunlik berilishi, avtomobillar esa hashamatga aylanishi kerak”, — dedi Prezident.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер