Shaharlararo qatnovchi avtobuslarda yoʻlovchilarni bir haydovchi bilan tashish taqiqlanadi
Avtobusda harakat xavfsizligiga xavf tugʻdiruvchi nosozliklar paydo boʻlganda, shuningdek haydovchi oʻzini yomon his etganda avtobus harakati darhol toʻxtatilishi kerak.
Haydovchining avtobusni boshqarish vaqti 9 soatdan ortiq boʻlganda yoki yoʻnalish uzoqligi 400 km va undan ortiqni tashkil etganda avtobusda yoʻlovchilar tashishni tashkil etishda avtomobilda haydovchining dam olishi uchun joy jihozlanishi va qatnovga ikki haydovchi yuborilishi kerak.
Shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yoʻnalishlarda 400 km va undan uzoq yoʻnalishlarda avtotransport vositalarida yoʻlovchilar tashishni bir haydovchi bilan tashkil etish taqiqlanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring