Sergelidagi YPX postida tekshirilgan avtomobildan sovuq qurollar topildi

17:25 22 May 2020 Jamiyat
894 0

Foto: ИИББ ахборот хизмати

Joriy yilning 19-may kuni Sergeli tumanidagi “A.Turbonov” YPX postida 2-batalyon YPX inspektori kichik serjant T.Tojiboyev, kinologiya xizmati xodimi safdor R.Xolmurodov va IIBB patrul-post xizmati 5-batalyoni safdori Sh.Hoshimovlar xizmat olib borishgan.

Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabariga koʻra, soat 21:30lar atrofida shaharni tark etayotgan mashinalardan biri – “Nexia” rusumli avtomobil ularning eʼtiborini tortgan.

Mashina toʻxtatilganda, haydovchining oʻzini tutishi xodimlarda shubha uygʻotgan. Bu esa avtomobilni yaxshilab tekshirishga sabab boʻlgan. Xolislar ishtirokida oʻtkazilgan tekshiruv natijasida avtomobilda sovuq qurol (metall kastet) va toʻpponchaning “pugach“ deb ataladigan turi topildi. Bular avtoulov haydovchisi – Shayxontohur tumanida yashovchi 24 yoshli S.A.ga tegishli boʻlgani aytiladi.

Yuqoridagi faktlar asosida tekshirishuvni davom ettirish va qurollar egasining maqsad va niyatlarini aniqlash uchun S.A. ashyoviy dalillar bilan birga Sergeli tumanidagi 4-son IIBga keltirildi, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер