Sergelida yangi sayilgoh tashkil etilmoqda (video)
Sergeli tumanining Ziynat mahallasidan oqib oʻtuvchi “Shokir” kollektori atrofida yangi sayilgoh tashkil etish ishlari olib borilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu kollektorning umumiy uzunligi 1550 metr. Uning 650 metr qismida 1 oy oldin obodonlashtirish ishlari boshlangan.
Kanalni tozalash ishlariga 30 kishi jalb qilingan boʻlib, 1,500 tonna chiqindi olib chiqib ketilgan. Batafsil videoda tomosha qiling.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring