Sergeli tumanining ayrim hududlarida tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi
Toshkent shahri, Sergeli tumani, Sergeli-6A mavzesida joylashgan yer osti oʻrta bosimli D-159 mm. gaz quvurida gaz sizib chiqish holati aniqlangan.
Bu muammoni zudlik bilan bartaraf etish maqsadida 2022-yil 31-mart kuni soat 11:00 dan 18:00 gacha ushbu manzildagi 23 ta koʻp qavatli uylardagi 2 555 ta xonadonlarda hamda 4 ta ulgurji isteʼmolchilarda tabiiy gaz taʼminoti vaqtinchalik toʻxtatiladi.
Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring