Sergeli metro yoʻnalishida sinov poyezdi oʻz harakatini amalga oshirdi
Bugun, 16-oktyabrda Toshkent metropolitenining mavjud “Olmazor” stansiyasidan yangi qurilayotgan Sergeli metro yoʻnalishining soʻnggi — “Qipchoq” stansiyasigacha test rejimida poyezd oʻz harakatini amalga oshirib, ustki poʻlat izlarining tayyorligini tasdiqladi. Bu haqda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Bugungi kunda yangi Sergeli metro yoʻnalishida yakuniy qurilish-montaj va pardozlash ishlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, yangi metro yoʻnalishi va uning obyektlari qurilish meʼyorlari va texnik talablariga mos ravishda, belgilangan muddatlarda joriy yil oxiriga qadar foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring