Sentyabr oyida ob-havo qanday boʻlishi maʼlum qilindi

18:04 31 Avgust 2024 Jamiyat
495 0

“Oʻzgidromet” kuzning birinchi 30 kunligi, sentyabr oyi davomida kuzatiladigan ob-havo prognozini eʼlon qildi.

Unga koʻra, sentyabr oyining birinchi oʻn kunligida qulay harorat fonida quruq ob-havo hukm surishi kutilmoqda.

Kechasi va erta tongda 12-17 daraja haroratda tetiklantiruvchi salqinlik seziladi, kunduzi esa quyosh nurlari havoni 28-33 darajagacha, baʼzi joylarda 35 darajagacha isitadi. Oʻn kunlikning ikkinchi yarmida 24-27 darajagacha qisqa muddatga pasayishi mumkin.

Keyinchalik, sentyabr oyining oxirigacha pastroq fonda harorat kechalari 13-18 darajadan 7-12 darajagacha, kunduz kunlari 28-33 darajadan 20-25 darajagacha oʻzgarib turishi kutilmoqda.

Oyning uchinchi oʻn kunligining ayrim kunlarida qisqa muddatli yomgʻirlar yogʻishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер