Sentob UNWTOning turizm qishloqlari roʻyxatiga kiritildi — Aziz Abduhakimov

15:56 19 Oktyabr 2023 Jamiyat
693 0

Samarqandda UNWTO Bosh Assambleyasining 25-sessiyasi doirasida “Best Tourism Villages 2023 Awards” (2023-yilning eng yaxshi turizm qishlogʻi) nominatsiyasi boʻyicha taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Navoiy viloyatining “Sentob” qishlogʻi gʻolib boʻldi.

“Oʻzbekiston Prezidentining turizm sektori va, eng avvalo, aholi turmush farovonligiga boʻlgan eʼtibori va tashabbuslari natijasida bugun yurtimiz qishloqlarini butun dunyo tan olmoqda. Navoiy viloyatidagi “Sentob” qishlogʻining “Eng yaxshi turizm qishlogʻi” nominatsiyasidagi gʻolibligi, shubhasiz, mana shu islohotlar samarasidir!”, — dedi UNWTO Bosh Assambleyasini Samarqand shahrida oʻtkazish boʻyicha Oʻzbekiston hukumati Tashkiliy qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Aziz Abduhakimov.

"Eng yaxshi turizm qishloqlari” nominatsiyasi qishloqlardagi hayotni yanada yaxshilash borasidagi ishlarimizning debochasi, xolos, — dedi marosimda nutq soʻzlagan UNWTO Bosh kotibi Zurab Pololikashvili. — Biz turizmni qishloq hayoti taraqqiyoting drayveriga aylantirishni maqsad qilganmiz".

UNWTO Bosh kotibi Zurab Pololikashvili esa turizm qishloqlarining ahamiyatini alohida taʻkidladi. 

“Eng yaxshi turizm qishloqlari” nominatsiyasi qishloqlardagi hayotni yanada yaxshilash borasidagi ishlarimizning debochasi, xolos, — dedi Z. Pololikashvili. — Biz turizmni qishloq hayoti taraqqiyotining drayveriga aylantirishni maqsad qilganmiz”. 

Maʻlumot uchun, “Sentob”ga 2023-yilning 17-mart kuni rasman turizm qishlogʻi maqomi berilgan. Qishloqda muntazam ravishda Angliya, Fransiya, Avstriya, Germaniya, Italiya, Rossiya va boshqa davlatlardan xorijiy sayyohlar oqimi kuzatilmoqda.

Taʻkidlash joizki, eng yaxshi turizm qishlogʻi boʻlish uchun nomzodlar roʻyxatiga Oʻzbekistonning jami 5 ta manzili — Samarqand viloyatidagi “Konigil”, Navoiy viloyatidagi “Sentob”, Surxondaryo viloyatidagi “Sangardak”, Jizzax viloyatidagi “Uxum” va Fargʻona viloyatidagi “Avval” turizm qishloqlari kiritilgandi.

“Best Tourism Villages 2023 Awards” nominatsiyasi UNWTO tomonidan 2021-yilda taʻsis etilgan. Asosiy maqsad nafaqat rivojlangan hududlarga, balki oʻz qadriyatlarini saqlagan va anʻanalarini targʻib qilayotgan qishloqlarga ham sayyohlar eʻtiborini jalb qilishdir. Marosim bu yil uchinchi bor oʻtkazildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер