Senatorlar aralashuvi bilan noqonuniy qurilish toʻxtatildi
2022-yil 11-yanvar kuni Oliy Majlis Senati Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi O. Iminov, Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi raisi M. Qodirxonovalar Senatga kelib tushgan murojaatni koʻrib chiqish maqsadida Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi holatni bevosita joyida oʻrgandilar.
Xususan, Nazarbek QFYdagi maktab va maktabgacha taʼlim muassasasi uchun moʻljallangan yer tadbirkorga noqonuniy berib yuborilib, sud qarori boʻlishiga qaramasdan, qurilish ishlari boshlangani maʼlum boʻldi.
Ushbu masalani hal qilish maqsadida mutasaddilar, mahalla, ichki ishlar organlari, hokimiyat vakillari ham taklif etildi.
Oʻrganish natijasida qurilish ishlari noqonuniy deb topilib, vaqtincha toʻxtatildi. Shuningdek, bu masala tegishli tartibda qayta koʻrib chiqilishi, ushbu hududda maktab va maktabgacha taʼlim muassasasi tashkil etilishi taʼkidlandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring