Senator maktab taʼmiri uchun mablagʻ ajratdi

11:11 05 Iyun 2020 Siyosat
1485 0

Maʼlumki, taʼlim-tarbiya sohasida zamonaviy va oqilona tizim yaratish, oʻqitish metodlari, taʼlim standartlari, darslik va oʻquv qoʻllanmalarini yangilash zarurligi, bilim berishda ilgʻor xorijiy tajribalardan foydalanish, axborot kommunikatsion texnologiyalarini tatbiq etish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu jihatdan davlatimiz tomonidan taʼlim tizimida alohida eʼtibor qaratilib, muhim islohotlar olib borilmoqda.

Oliy Majlis Senati Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Nosirbek Abdullaxanov ham Namangan shahridagi 1-sonli davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabiga taʼmirlash ishlari uchun oʻz hisobidan 5 million soʻm topshirdi. Bu haqda yuqori palata axborot xizmati xabar berdi.

Bundan tashqari, senator boshlangʻich sinfda tahsil olayotgan oʻquvchilar ota-onalari orasida soʻrovnoma oʻtkazdi. Natijada oʻqituvchi Alla Gasparyan bolajonlarning mehrini qozongani ayon boʻldi.

Shu munosabat bilan senator N.Abdullaxanov A.Gasparyan bilan oʻzaro fikr almashib, zarur jihozlar bilan taʼminlanishiga koʻmak berilishini taʼkidladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер