Senator Ekspertlar kengashi yigʻilishida ishtirok etdi
Joriy yil 24-mart kuni Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Sayyora Abdikarimova MDHga aʼzo davlatlar Parlamentlararo Assambleyasi huzuridagi Ekologiya va tabiatdan foydalanish boʻyicha ekspertlar kengashi yigʻilishida onlayn shaklda ishtirok etdi.
Yigʻilishda Kengash faoliyatiga doir tashkiliy masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, Kaspiy dengizi ekologik muammolari, Tojikistonda suv resurslari va ichimlik suvi taʼminoti, Belarusda yer osti suvlaridan foydalanish kabi mavzular yuzasidan maʼruzalar tinglandi.
Tadbir doirasida Orol dengizi bilan bogʻliq ekologik vaziyatga alohida eʼtibor qaratildi. Uning qurishi oqibatida yuzaga kelgan muammolarning aholi salomatligi va atrof-muhitga taʼsiri, shuningdek, ushbu oqibatlarni yumshatish boʻyicha Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi.
Shu bilan birga, ishtirokchilar 2027-yilda Bishkek shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan “Bishkek+25” global togʻ sammiti va “Togʻli hududlarning barqaror rivojlanishi” xalqaro forumiga tayyorgarlik koʻrish masalalarini ham muhokama qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti Farrux Zokirov ijodini keng targʻib qilish hamda yosh avlodga munosib yetkazish toʻgʻrisida
- Zakirov Farrux Karimovichni “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida
- Oʻzbekiston xalq artisti Farrux Zokirov sharaflandi
- Eronda internet uzilishi 47 kundan beri davom etmoqda
- Polsha bilan ikkinchi jahon urushi tarixi boʻyicha hamkorlik kengaytiriladi
- WSJ: Yevropa AQSHning NATOdan ehtimoliy chiqishiga qarshi zaxira mudofaa rejasini ishlab chiqmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring