Senatda Turkiy tilli davlatlar Parlament assambleyasining aʼzolari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Bugun Oliy Majlis Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev Turkiy tilli davlatlar Parlament assambleyasining aʼzolari bilan uchrashdi.
Unda Turkiy tilli davlatlar Parlament assambleyasi aʼzolari, Oliy Majlis Senati aʼzolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, “Yuksalish” umummilliy harakati rahbari ishtirok etdi.
Tomonlar ikki mamlakat parlamentlararo munosabatlarini yana-da mustahkamlash masalalarini muhokama qildi.
Qayd etilganidek, mamlakatlarning parlament aʼzolari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni yoʻlga qoʻyish maqsadida muntazam ravishda delegatsiyalar tashriflari amalga oshirilmoqda, parlament aʼzolari qonun ijodkorligi faoliyatini oʻrganib, oʻzaro tajriba almashmoqda.
Ayni paytda ijtimoiy-siyosiy yoʻnalishlardagi aloqalar ham tobora rivojlanib bormoqda.
Turkiy tilli davlatlar Parlament assambleyasi aʼzolari yurtimizda amalga oshirilayotgan oʻzgarishlar, xususan, tadbirkorlikni rivojlantirish, logistika va infratuzilma loyihalarini roʻyobga chiqarish borasidagi saʼy-harakatlarni yuqori baholadi.
Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, turistik, ilmiy, madaniy va boshqa yoʻnalishlardagi amaliy hamkorlik, shu jumladan, Turkiy tilli davlatlar PA doirasidagi oʻzaro munosabatlarni yana-da rivojlantirish masalalari boʻyicha fikr almashildi.
Shuningdek, ishtirokchilar 23-24-iyun kunlari Buxoro shahrida boʻlib oʻtadigan Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo global hamkorlik masalalariga bagʻishlangan xalqaro forum yuzasidan ham fikrlashdi.
“Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring