Senatda Ozarbayjon Hisob palatasi raisi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

20:11 10 Mart 2026 Siyosat
437 0

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva Ozarbayjon Respublikasi Hisob palatasi raisi Vyugar Gulmamedov bilan uchrashdi.

Muloqot davomida ikki davlat hisob palatalari oʻrtasidagi hamkorlik izchil rivojlanib borayotgani taʼkidlandi. Qayd etilganidek, imzolangan hamkorlik memorandumi mazkur sohadagi aloqalarni yanada mustahkamlash va oʻzaro tajriba almashishni kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Hisob palatalari tomonidan olib borilayotgan oʻrganish va tahlillar parlament faoliyati bilan uzviy bogʻliq ekani, nazorat-tahlil natijalari asosida taʼsirchan parlament nazoratini yoʻlga qoʻyish davlat dasturlarining samarali ijrosini taʼminlashda muhim oʻrin tutishi taʼkidlandi.

Shuningdek, tahlil natijalari asosida davlat va hududiy byudjetlarni shakllantirish, yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarning oldini olish boʻyicha profilaktik tavsiyalar ishlab chiqish, nazorat tizimlarini raqamlashtirish hamda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan preventiv mexanizmlarni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Tomonlar kelgusida Oʻzbekiston va Ozarbayjon parlamentlari hamda hisob palatalari oʻrtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, oʻzaro tajriba almashishni kengaytirishga kelishib oldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер