Senatda Norvegiya elchisi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

20:51 15 Aprel 2026 Siyosat
395 0

Joriy yilning 15-aprel kuni Oliy Majlis Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev Norvegiya Qirolligining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Xelen Sand Andresen bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston va Norvegiya oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va ularni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Suhbat chogʻida parlamentlararo aloqalarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, qonun ijodkorligi sohasida tajriba almashish va tegishli qoʻmitalar oʻrtasida muloqotni yoʻlga qoʻyish yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, siyosiy muloqotni faollashtirish, savdo, iqtisodiyot, investitsiyalar, “yashil” iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar, taʼlim va innovatsiyalar sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalariga eʼtibor qaratildi.

Uchrashuvda tomonlar oʻzaro manfaatli hamkorlikni izchil davom ettirishga tayyor ekanini bildirdilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер