Senatda Yevropa parlamenti deputati bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

12:31 28 Noyabr 2023 Siyosat
208 0

Oliy Majlis Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev Yevropa parlamenti deputati, Oʻzbekiston boʻyicha maʼruzachisi Ilxan Kyuchyukni qabul qildi.

Maʼlumki, Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasida barcha sohalarda oʻzaro manfaatli koʻp qirrali hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Barcha darajalarda muloqotlar izchil davom ettirilmoqda. Iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi munosabatlarni kengaytirish boʻyicha qator kelishuvlarga erishilgan hamda ushbu yoʻnalishlarda muhim tadbirlar amalga oshirilmoqda. Keyingi yillarda Yevropa tomonidan taqdim etilgan “GSP+” tartibi tufayli oʻzaro savdo hajmi jadal ortib bormoqda.

Yevropa parlamenti deputati mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ortga qaytmas islohotlarni qoʻllab-quvvatlashini alohida taʼkidladi.

Oʻzbekistonning Markaziy Osiyoda barqarorlik, xavfsizlikni mustahkamlash, farovonlikka erishish, inson huquqlari va fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish boʻyicha saʼy-harakatlarini olqishladi.

Ikki tomonlama parlamentlararo hamkorlik jadal surʼatlarda rivojlanayotgani ijobiy baholandi.

Mamlakatda parlamentlararo hamkorlikning mavjud mexanizmlaridan, xususan, “Oʻzbekiston - Yevropa Ittifoqi” parlament hamkorligi qoʻmitasidan faol foydalanish yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida Oʻzbekiston Respublikasi va Yevropa parlamenti oʻrtasidagi munosabatlarni yana-da kengaytishtirishga kelishib olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер